Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/03/2023
Chop etish
Navro‘z tantanalari: JDPU Sirtqi bo‘limida sumalak sayli boshlandi.

Bo‘ston shahrachasidagi universitetning Sirtqi bo‘limida ham “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z bayrami tantanalari har yilgidanda o‘zgacha nishonlandi.

Bayram avvalida Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishari bo‘yicha prorektori B.To‘xtamishev yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami balan qutladi.

Sirtqi bo‘lim hovlisida tashkil etilgan chin ma’noda milliylikka yo‘g‘rilgan bayram tadbiri barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi. Bir tomonda milliy taomlar ko‘rgazmasi, boshqa tomonda milliy qo‘shiqlar, urf-odatlar namoyishi.Taomlarning xilma xilligini ko‘rib, xalqimizning nafaqat boy tarixi va urf-odatlari balki xilma-xil milliy taomlari borligiga ham guvoh bo‘lasiz. Sumalak, halim, yupqa, g‘ilmindi, ko‘k somsa, qat-qat patir, qatlama, ismaloq pechak kabi taomlarni tatib ko‘rgan kishi borki, o‘zbek ayollarning oshpazlik mahoratiga tasanno aytadi.

– Bugun sirtqi bo‘lim jamoasi a’zolarining yuzlarida mamnunlik, – deydi Sirtqi bo‘lim boshlig‘i A’zam Avazov  – Boisi jamoamiz Navro‘z tantanalari mana shunday keng miqyosda nishonlanmoqda. Atrofga e’tibor qiling hamma yoq yam-yashil. Bu bahorning barokatli kelayotganidan, rizq-ro‘zimiz mo‘l-ko‘l bo‘lishidan darak.

Albatta yurtimizning qaysi bir bayram shodiyonasi bo‘lmasin, kuy-qo‘shiqsiz o‘tmaydi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Namoyish etilgan teatrlashtirilgan badiiy dastur va sa’natkorlarning chiqishlari tantanaga yig‘ilganlarga   olam-olam zavq bag‘ishladi.

Darhaqiqat, uch ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Navro‘zi olam – sharqona yangi yil, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbiga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga xursandchilik olib kirishi bilan biz uchun qadrli bayram, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Ulashish:
1 335
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...