Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/03/2024
Chop etish
Mukofot muborak Gulbahor Obidovna!

Avval ma’lum qilganimizdek 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra: JDPU xotin qizlar masalalari bo‘yicha profilaktik inspektori, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining 2-ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Rasulova Gulbahor Obidovna «Sodiq xizmatlari uchun» medali hamda Ichki ishlar vazirligining «Benuqson xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi. Bugun ana shu xursandchilikning davomi sifatida universitet kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alarni rektor Sh.Sharipov tantanali tarzda topshirdi.

«Sizning faoliyatingizga berilgan bu yuksak baho bizni nafaqat yangi mehnat zafarlariga ruhlantiradi, balki kelgusida talabalarimiz oldidagi mas’uliyatimizni ham oshiradi. Xizmatlaringizni yuqori baholanishi biz uchun ulkan sharaf, katta xursandchilikdir.-deydi universitet rektori Sh.Sharipov


Ulashish:
1 473
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.