Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2024
Chop etish
Muborak Ramazon hayiti arafasida ma’rifat fidoyilari e’zozlandi.

Azal-azaldan xalqimiz yoshi ulug‘ nuroniylarni e’zozlab ularga katta ehtirom ila hurmat ko‘rsatib kelingan. Ayniqsa, ana shunday ulug‘ kunlarda hayit bayrami arafasida tabarruk insonlarning holidan xabar olish ularning og‘irini yengil qilish va nasihatlari-yu duolarini olish xalqimizga xos fazilatdir.

Sana munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan universitetda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan 20 nafarga yaqin faxriy ustoz-murabbiylarning holidan xabar olishdi. Ularni ayyom bilan qutlab, bayram sovg‘alarini ulashishdi.

Tashrif davomida vakillar nuroniy otaxon va onaxonlar chinakam ma’rifat fidoyilari bilan samimiy suhbat qurishdi. Ularga universitet rektorining tabriknomasini o‘qib berishdi. Faxrli ustozlar e’tibordan xursand bo‘lib bugungi kunlar uchun shukronalik keltirishdi.


Ulashish:
1 402
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.