Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/05/2025
Chop etish
“Mening Startap Loyiham” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi va g‘oliblar nomi e’lon qilindi!
Oydin g‘oyalar va ilhomli intilishlar maydoni — “Mening Startap Loyiham” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi va g‘oliblar nomi e’lon qilindi!

🥇 1-o‘rinQarabekov Murod 📚 Matematika-informatika fakulteti, 4-bosqich talabasi 💡 “SMART STYLE” — zamonaviy hayotga aql bilan yondashuv timsoli.

🥈 2-o‘rinUsmonova Shahnoza 📚 Rus tili va adabiyoti fakulteti, 3-bosqich talabasi 💡 “SEHRLI SOYA” — tasavvur olamiga chorlovchi g‘oya.

🥉 3-o‘rinBotiraliyev Jasurbek 📚 Matematika-informatika fakulteti, 3-bosqich talabasi 💡 “YORDAMCHI” — foydali yechimlar bilan hayotni yengillashtiruvchi loyiha.

👏 Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Sizning kreativ fikrlaringiz, ilmiy yondashuvingiz va ijodiy qarashlaringiz — Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiluvchi kuchli poydevordir!

🚀 E’tibor qiling! Kelajakdagi texnologik taraqqiyot yo‘lini yorituvchi yulduzlar aynan sizlar bo‘lishingiz mumkin!


Ulashish:
946
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.