Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/05/2023
Chop etish
“Maqsadimiz sizni qo‘llab quvvatlash”-deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Ayni paytda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining e’tibori universitetdagi talabalar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, fikr almashish taklif va mulohazalarni tinglash, kezi kelsa har bir talabani qiynayotgan muammoga birgalikda yechim topishga qaratilmoqda.

Davlat rahbarining  raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshirig‘iga asosan universitet rektoriga 44 nafar talaba yoshlar biriktirilgan.  Bugungi uchrashuv ham talabalarga yanada yaqin bo‘lish ular bilan do‘stona muloqot qilishga imkoniyat yaratib berdi. Bunday yuzma-yuz muloqotlarga o‘rganmagan talabalar dastlab muammolarini ochiq va erkin bayon etishga istihola qilishdi. Universitet rektorining daldasi va bu suhbat “jazo berish” uchun emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilganini bayon etgach, vaziyat o‘zgardi.

Suhbat ishtirokchilaridan biri Nihola Matematika  va informatika fakultetining 4 kurs talabasi. Nihola ayni paytda oilali uning ikki nafar farzandi bor. Talaba  darslarga shaxarga uzoq tumanlarning biridan qatnaydi. Uning birinchi farzandi nogironligi bois ko‘p vaqtlarda darslarga ulgurolmaydi. Ikkinchi farzandini ham yaqindagina dunyoga keltirgan. Suhbat ishtirokchilaridan yana biri Abdulaziz bir necha yillardan beri surunkali shamollash tashhisi bilan kurashib keladi. Tabiiyki darslarga qatnash ham risoladagidek emas. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutmoq kerak? Murojaatlar turlicha, Kimnidir moddiy tomondan qo‘llash lozim bo‘lsa yana kimgadir ma’naviy dastak bo‘lish lozim.

Muammo bor joyda albatta ikki tarafga ham foydali ijobiy yechim topishning o‘zi mushkul ish. Bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda talabalarga imkon qadar yengillik yaratadigan fikrlar tinglandi. Takliflar qabul qilindi. O‘rni kelganda maslahatlar berildi. Murojaatlar ijobiy hal etildi. Eng muhimi, bugun shu suhbatda ishtirok etgan talaba o‘zining bu oliy dargohga begona emasligini, unga lozim paytda ko‘makka shay, dardiga sherik ustozlar borligini his qildi. Maqsad ham shu edi aslida…


Ulashish:
1 183
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...