Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AHLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISH.

 Ortiqova Ozoda Sharofovna Annotatsiya: Maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ahloqiy xatti -harakatlar ijtimoiy-siyosiy manbalar asosida o’rganish, amaliyotdagi mavjud holatni tahlil qilish haqida bayon etilgan. Kalit so’zlar:Odob axloq ,madaniyat,.axloqiy sifatlar,jamiyatdagi normalar. Аннотация:В статье описывается изучение нравственного поведения дошкольников на основе общественно-политических источников, анализ сложившейся ситуации на практике. Ключевые слова: Этикет, культура, нравственные ценности, нормы в обществе. Annotation:The article describes the study of the moral behavior of preschoolers on the basis of socio-political sources, the analysis of the current situation in practice. Keywords:Etiquette,culture, moral values, norms in society. Odob-axloq jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga solish usullaridan biri hisoblanadi. U o’zida kishilarning ushbu jamiyatda yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, loyiqlik va noloyiqlik haqida qabul qilingan tushunchalarga muofiq o’zaro munosabatlarining xususiyatini belgilavchi norma va tamoillarni ifodalaydi.Odob-axloq talablariga rioya qilishlik ruhiy ta’sir kuchi bilan, jamoat fikri, insonning ichki ishonchi, vijdoni bilan ta’minlanadi.Odob-axloqning o’ziga xosligi shundan iboratki, u odamlarning yurish-turishini hayotning barcha jabhalarida, ya’ni ish faoliyatidagi, oiladagi, kishilar o’rtasidagi va boshqa munosabatlarda tartibga solib boradi.Odob-axloq guruhlar va davlatlararo munosabatlarga ham joriy etiladi.Odob-axloq tamoillari umumhususiyatga ega bo’lib,barcha insonlarni qamrab oladi, jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida yaratiladigan o’zaro munosabatlari madaniyatining asosini mustahkamlaydi.Insonning har qanday harakati, muomalasi turli mazmunda-huquqiy, siyosiy yoki boshqa bo’lishi mumkin, ammo uning xulqiy tomoni, axloqiy mohiyati bir xil daraja korsatkichida baholanadi.Odob-axloq normalari jamiyatda an’analar kuchi,umumtanolingan va barcha tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan tartib-intizom, jamoatchilik fikri bilan qayta ishlanib boraveradi. Odob-axloq normalariga rioya qilinishi barcha tomonidan nazorat qilinadi. Shaxsning barkamol inson bo’lishi uning ma’naviy dunyosi qanday bo’lishi bilan belgilanadi.Yaxshi ahloqiy sifat kishining eng oliy sifatidir.Shaxs ma’naviyatli rostgo’y va adolatli bolish, jaxolat va qabixlik yolini to’sish, insoniylik, mexr-shafqat, ma’rifat, do’stlik, mardlik, birodarlik, mexmondo’stlik, poklik, xushxulqlik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarning barchasini bola o’z oilasidan o’zlashtirib o’rganib boradi.Shuningdek oiladagi urf-odatlar, turmush tarzi, ta’lim-tarbiya, madaniyat va an’analar hamda mehnat oilada ko’proq kattalar ya’ni ota-onalar tomonidan amalga oshiriladigan ahloqiy xatti-harakatlar shaklida bolaning ahloqiy xuxusiyatlari namoyon bo’lib borishiga zamin yaratadi.»Odob-ahloq bu – qalbni yomon so’zlardan va nojo’ya xulqdan saqlay olish, o’zini va o’zgalarni ham xurmat qila bilishdadir», deydi olim. Uning fikriga yaqin fikrni A. Navoiy ijodida xam koramiz. Odob-ahloqli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog’idir», – deydi buyuk shoir.Bu bilan u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli,ahloqli ekanligi bilan o’lchanadi,deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bo’lishga chaqiradi. Abu Nasr Farobiy inson o’zining yaxshi xulqi bilan baxt – saodatga erishishi mumkin, deydi.Bu borada mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalarida bola odob axloqi uning qalbini nojuya xulqdan saqlash maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda.Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq: – O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq holda maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; – maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; – bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; – maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; – maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash; – maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish; – maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog’lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini,sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash, maqsadida bugungi kunda ta’lim tizimining eng yuqori bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimida yosh avlodni tarbiyalash masalasi ko’ndalang turadi. Ularning tarbiyasidagi aynan odob ahloqiy xatti-harakatlarini shakllantirish bugunning dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiya asoslari bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilishni o’rgandilar, ularning faoliyati turlari sezilarli darajada kengayib bormoqda va atroflaridagi dunyo bilimlari doimiy ravishda to’ldirilmoqda. Agar ikki yashar bola hali ovqat iste’mol qilishda aybdor bo’lmasa, uch yoshli bolalar o’zlarini noto’g’ri qilganliklarini tushunishadi. Agar bola istaklarini boshqarishni o’rgangan bo’lsa, u oddiy axloq me’yorlarining talablarini bajarishga juda tayyor. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalaridan biri bolalarning muayyan me’yorlar mavjudligi haqida bilishlarini emas,balki ularni kuzatib borishlarini ta’minlashning g’ayrati hisoblanadi.Albatta, bu majburlashning eng oson yo’li.Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun, kattalar va ayniqsa, ota-onaning roziligi katta ahamiyatga ega.Bolaning ota-onasi bilan yaxshi munosabatlarni mustahkamlash va saqlab qolishga intiladi.Shu sababli,asosiy ijtimoiy motivlar ijtimoiy tashqi nazoratga yo’naltirilgan.Odob axloq miyorlari ushbu xolat orqali saqlanib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.V.G.Negacheva, T.A.Markova. Bolalar bog’chasida ahloqiy tarbiya. Oqituvchi – 1990 2.«Bolalar bog’chasining katta tarbiyachisi» – Toshkent 1991 y. 3.Gumanitarno-pedagogicheskiy institut kafedra «Pedagogika i metodiki prepodavaniya» 44.04.02 Psixologo-pedagogicheskoe obrazovanie «Nachal’noe obrazovanie» magisterskaya dissertatsiya A.A. Vi’drenkova Tol’yatti 2016 god, 156-list. 4.X.A.Shayxova. Umuminsoniy kadriyatlar va ma’naviy kamolot. Toshkent-1993 yil. 5.lex.uz/news/president Joint Resolution No. 3326 on the Development of the Pre-School Education System for 2030-2030. 6.Psychology of preschool children S.H.Jalilova, S.M.Aripova «Philosophers» Publishing House Tashkent – 2013.
  1. https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-yoshdagi-bolalarda-ahloqiy-fazilatlarni-shakllantirishning-psixologik-shartlari.
  2. https://hozir.org/odob-axloqning-tushunchasi-va-mohiyati.html
9.https://yandex.ru/search/?clid=2384876-511&win=523&from=chromesearch&text=bolalarga+buyuk+siymolar+haqida+o%27rgatish&lr=192340
  1. https://uz.unistica.com/