Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2025
Chop etish
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETIDA OTA-ONALAR YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashabbusi bilan ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida “Musiqa ta’limi” kafedrasi badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan qo‘shiq, raqs va milliy cholg‘u orkestri ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi. Talabalar ijrosidagi sho‘x va diltortar qo‘shiqlar, rang-barang raqslar hamda milliy kuy va taronalar ota-onalarning oladigan zavqini yanada oshirdi.

Konsert dasturidan so‘ng yig‘ilishning rasmiy qismi boshlandi. Unda fakultet rahbariyati va mas’ul mutaxassislar tomonidan quyidagi mavzularda axborotlar berildi:

  • talabalarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi,

  • korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish,

  • dars mashg‘ulotlari jarayoni va nazorat tizimi,

  • bir yillik davlat granti tartibi haqida.

Shuningdek, tadbir davomida fakultet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarning ota-onalari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish yakunida esa ota-onalar kengashining yangi tarkibi saylandi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Bu kabi uchrashuvlar ota-onalar, talabalar va fakultet jamoasi o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
2 344
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.