Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/09/2025
Chop etish
Maktab hududiga ko‘chatlar ekildi.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” hamda “Kelajak soati” mustaqillik darslari yakunida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori boshchiligidagi ustozlar jamoasi 45-umumta’lim maktabi hududiga mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.

Ta’kidlash joiz, bugun maktab bog‘iga jami 20 dona ko‘chat olib kelindi. Maktab ustozlari va faxriylar ta’lim maskaniga qabul qilingan 16 nafar birinchi sinf o‘quvchilari nomidan ramziy ma’noda ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdilar.

Nihollar bog‘da barqaror o‘sib-ulg‘aygani singari, maktabga qadam qo‘ygan yosh avlod ham bilim va tarbiya olib, kamol topishiga ishonch bildirildi.


Ulashish:
2 696
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.