Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
10/01/2025
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan birinchi bosqich doktorantlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash, maqsadida, universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish haqida to‘xtaldi.

Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar ishtirokida korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning kelib chiqish sabablari hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbatlarida, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga bag‘ishlangan esselar tanlovi va fleshmoblar, uchrashuvlar, ilmiy seminarlar, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha soha mutaxassislari va taniqli shaxslar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazib borilishi aytib o‘tildi. Yig‘ilish davomida universitetda mavjud muammolar bo‘yicha takliflar berish, talaba-yoshlarda ko‘p uchraydigan korrupsion xatti-harakatlar va sxemalarning oldini olish hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha ta’kidlab o‘tildi. Bundan tashqari, yig‘ilish davomida doktorant, tayanch doktorant, va stajyor-tadqiqotchilarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.


Ulashish:
727
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.