Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/01/2026
Chop etish
“Kitobxon talaba” tanlovining test bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugun oliy ta’lim muassasasida “Kitobxon talaba” tanlovining navbatdagi — test bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda turli fakultetlardan 300 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi.

Test sinovlari yakunlariga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan talabalar aniqlandi. Xususan, quyidagi ishtirokchilar yuqori ball to‘plab, sara kitobxon talabalar sifatida e’tirof etildi:

  • Raimboyeva O‘giloy Davron qizi — Filologiya fakulteti (24/25)

  • Abdusattorova Dilrabo Alisher qizi — Filologiya fakulteti (22/25)

  • Xusanova Shaxzoda Shokirjon qizi — Filologiya fakulteti (21/25)

  • Xaitova E’zoza Xayot qizi — Filologiya fakulteti (21/25)

  • Tursunmurotova Maxliyo Muxiddin qizi — Aniq fanlar fakulteti (21/25)

Tanlovning mazkur bosqichi talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.


Ulashish:
1 805
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining talabalar turar joylarida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zolari hamda universitet mas’ullari ishtirokida talabalar turar joylarining mavjud holati, xonalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, obodonlashtirish va tozalik...
“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.