Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2025
Chop etish
JIZZAXDAGI QIROL SEJONG KOREYS TILI MARKAZI – BIR YOSHDA.

Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan Qirol Sejong koreys tili markazi o‘zining birinchi yilligini katta tantana bilan nishonladi.Tadbir Xangul – koreys alifbosi kuniga hamohang ravishda o‘tkazilib, yorqin va madaniy rang-barang dasturlarga boy bo‘ldi.

Dasturda markaz o‘quvchilari va universitetning koreys tili filologiyasi talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida hip-hop raqslari, koreys qo‘shiqlari, qiziqarli tanlovlar, hamda “K-beauty”, “K-food” kabi master-klasslar tashkil etildi. Ishtirokchilar xanbok kiyib fotosessiya qilish, milliy taomlar tayyorlash va koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Markaz menejeri janob Kimning ta’kidlashicha, Jizzaxdagi bo‘lim 2024-yilda 33 nafar tinglovchi bilan ish boshlagan bo‘lsa, hozirda 85 nafar o‘quvchi koreys tilini mukammal o‘rganmoqda. Markazda hafta davomida mashg‘ulotlar olib boriladi, har juma madaniyat kuni sifatida nishonlanadi.

Qirol Sejong markazi yoshlarga koreys tilini o‘rgatish bilan birga Sejong sertifikati orqali Koreyada ta’lim olish imkoniyatini ham yaratadi. Hozirgi kunda markazda 3-semestr o‘quv jarayonlari davom etmoqda.


Ulashish:
2 622
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.