Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2025
Chop etish
Jizzaxda hashar boshlandi: JDPU jamoasi faol ishtirok etmoqda.

15–16-noyabr kunlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida, mahallalar, ko‘chalar, xonadonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, korxona va tashkilotlarda yuqori saviyada  HASHAR o‘tkazish vazifasi belgilangan edi.

Bugungi hasharda Jizzax davlat pedagogika universitetidan 500 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, xo‘jalik bo‘limi xodimlari va volonter talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Ular universitetning bosh binosi atrofidan boshlab, o‘zlariga biriktirilgan hududlarda – jumladan, “Bog‘ishamol” va “Orom” maskanlarida joylashgan fakultetlarda ham xavfsiz va tozalik ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirdilar.

Hashar davomida atrofni obodonlashtirish, aholiga kulay sharoit yaratish, yashil hududlarni asrash va tartibga keltirish kabi bir qancha ishlar olib borildi.

Ushbu keng ko‘lamli sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi obod, toza va sog‘lom muhit yaratish, hamda jamoatchilik o‘rtasida birdamlik va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishdan iboratdir.


Ulashish:
1 336
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.