Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/08/2024
Chop etish
Jizzax viloyatining tarixi, qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan joy nomlari izohli lug‘atini chop etish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi a’zolari materiallarni to‘plash ishlarini olib borishmoqda.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining Rus tili va adabiyoti fakulteti dotsenti, A.Zokirov mazkur ishchi guruhga rahbar etib biriktirilgan. Ishchi guruh tomonidan muntazam ravishda viloyatning shahar va tumanlarida toponimik materiallarni to‘plash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishchi guruh a’zolari joriy yilning 13-14-15-avgust kunlari Forish tumanida joylashgan qishloqlarda toponimik materiallarni to‘plash maqsadida ilmiy-ijodiy safarga chiqishdi.

Guruh a’zolari Forish tumanida joylashgan Bolg‘ali, Oytamg‘ali, Ko‘sa, Narvon, Eshbo‘ldi qishloqlarida toponimik obyektlar bilan yaqindan tanishishdi. Ishchi guruh a’zolariga yoshi ulug‘ oqsoqollar hududdagi muqaddas qadamjolarning tarixi, joy nomlarining kelib chiqishi, urug‘, qabila va to‘p nomlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tarixiy va qiziqarli ma’lumotlarni to‘plashda yordam berishdi.


Ulashish:
1 777
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.