Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xo‘ja Ahmad Yassaviy “Nasabnomai” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan taqdimot tadbirini universitet Yoshlar masalalari , ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.

Unda so‘zga chiqqanlar Xo‘ja Ahmad Yassaviyning asarlari va ijodiga oid chuqur fikrlar bildirib, uning ma’naviy merosining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar. Ular, ayniqsa, “Nasabnoma” asarining o‘zbek xalqi va jahon madaniyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Kundalik hayotdagi oddiy odamlar uchun ham bu asardan bilim va faoliyatga oid muhim saboqlar olish mumkinligini ta’kidladilar.

Shuningdek, adibning insonparvarlik, adolat va tavakkal kabi qimmatlariga alohida urg‘u berildi. Tadbirda qatnashgan yozuvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar ushbu asarning tarixiy ahamiyatini yanada chuqurroq o‘rganish va yoshlarga uning qadriyatlarini yetkazish muhimligini ta’kidladilar.

S.Nazarqosimov ham o‘z nutqida, bu kabi tadbirlar yoshlarga milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Universitetda bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish orqali yoshlarning ma’naviy savodxonligini oshirish va ularni xalqimizning boy madaniy merosi bilan tanishtirish muhim ekanligini bildirdi.

Taqdimot tadbiri davomida «Nasabnoma» asarining mazmuni va undagi muhim fikrlar o‘zbek yoshlari uchun namuna bo‘lishi kerakligi haqida qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi.


Ulashish:
1 049
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.