Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/08/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Obodonlashtirish oyligi” davom etmoqda

Universitetda joriy yilning 30-iyuldan 30-avgustga qadar “Obodonlashtirish oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib ushbu oylikni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida maxsus shtab tashkil etildi.

Ayni kunlarda  universitetning barcha binolari talabalar turar joylarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Universitet hududlaridagi barcha daraxtlar sanoqdan o‘tkazilib mavjud 7122 dona daraxtlarni oqlash, Qurigan shoxlarini tartibga solish, daraxtlar va ko‘chatlarni sug‘orish tizimini tashkil qilish, 1336m ariq, va lotoklarni tozalash, hovli hududidagi o‘tlarni tartibli o‘rish binolar kirish qisimlariga xar xil gullar ekish Talabalar turar joyi binosi va boshqa binolar hududidagi tunda yoritish  moslamalarini bo‘yash kuygan lampa(projektor) larni yangisiga almashtirish, Sport maydonlarini o‘tlarini o‘rish maydon chiziqlarini chizish workout jihozlarini taʼmirlash, yangi o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joylarga yangi urnalar o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Universitetning barcha hududlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish choralari ko‘rilmoqda o‘quv xonalari parta stul va barcha jihozlar shay holatga keltirilmoqda


Ulashish:
961
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...