Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/03/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Maxsus ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjuman  O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta’lim va yangicha pedagogik yondashuvlar, Maxsus ta’limning zamonaviy muammolari, Maxsus ta’limda assistiv texnologiyalar, Maktabgacha va maktab  ta’limi sifatini oshirish muammolari va yechimlari kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlandi.

Konferensiyada inklyuziv ta’limdagi islohotlar: muammo va yechim. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, bo‘lajak pedagoglarga Gospital pedagogika fanini o‘qitishning dolzarbligi va muammolari kabi mavzularda ma’ruzalar va taqdimotlar qilindi.


Ulashish:
664
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.