Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Kengashning 3-sonli majlisi tantanali taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani, professor Furqat Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Kengash yig‘ilishi universitet rektori Maqsud Yuldashevning tabrik so‘zlari bilan ochildi. Rektor professor Furqat Ahmedovni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etib, ustozga yoshlarga bilim berish bilan bir qatorda, universitet talabalarining sportning barcha turlari bo‘yicha jahon arenalarida yuksak natijalarga erishishida yangi marralarni zabt etishini tiladi.

Shundan so‘ng bir guruh professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan ilmiy unvon va ilmiy darajalar attestatlari hamda diplomlar tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
1 882
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.