Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi.
“Raqamli O‘zbekiston-2030” doirasida davlat sektoriga kiruvchi xizmatlarning onlayn tarzda ko‘rsatilayotgani fuqarolarga juda katta yengillik yaratmoqda.

Xuddi shu qulaylik Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan Registrator ofisida ham mavjud. Respublikada birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan Registrator ofisi universitet bosh binosida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda 35 ta xizmat onlayn va oflayn tarzda ko‘rsatilyapti. Talabalar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolar markazga murojaat qilib, oliy ta’limdagi jarayonlar bilan bog‘liq murojaatlariga javob olishlari mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig‘i S.Tajibayev va mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi yangi tuzilma uchun yaratilgan shart-sharoitlar, funksional vazifalar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, moddiy-texnik baza, xodimlarning kasbiy malakasi kabi jihatlar o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Registrator ofisi” faoliyatini takomillashtirish, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha bir qator tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Ulashish:
822
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.