Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/09/2024
Chop etish
JDPUning  50 yillik yubileyi munosabati bilan Tarix fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuv universitet tashkil etilishi va shakllanishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan fakultetning marhum professor- o‘qituvchilarining xotiralarini  yod etish maqsadida tayyorlangan “Xotira abadiy-qadr muqaddas”  nomli videorolik namoyishi bilan boshlandi. Tadbirning rasmiy qismida so‘zga chiqqanlar oliygohning tashkil topishi, fakultetning shakllanishi va unga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilarning xotiralarini yod etish bilan bir qatorda shu davr mobaynida qilingan ishlar. o‘zgarishlar va yutuqlar haqida ham ma’lumotlar berishdi. Shuningdek tadbirda fakultetda faoliyat ko‘rsatgan marhum professor-o‘qituvchilarning oila a’zolari hamda 1995-2000 yillarda tahsil olgan birinchi bitiruvchilar xotiralari hamda universitetda amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risidagi fikrlari ham tinglandi. Tantanali tadbir Tarix fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan  sahna ko‘rinishi va konsert dasturi namoyishi bilan davom etdi.

Tadbir yakunida “Uch avlod uchrashuvi”ga tashrif etilgan mehmonlar tarix fakultetining yangi o‘quv binosi, Arxeologiya muzeyi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdi.


Ulashish:
790
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.