Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/12/2024
Chop etish
JDPUda “Ta’lim sifatini oshirishda ilmiy maqolalarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

“Maktabgacha va maktab ta’limi” ilmiy jurnali muharriri Sherzod Qurbonov Jizzax pedagogika universitetida “Ta’lim sifatini oshirishda ilmiy maqolalarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdi. Seminarda universitetning professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va magistrantlar ishtirok etishdi.

Ilmiy maqolalarni IMRAD qoidasiga muvofiq yozishning ilmiy-uslubiy jihatlari, maqolalarni xalqaro ilmiy bazalarda identifikatsiyalash, iqtiboslash darajasini oshirish va DOI (Digital Object Identifier) platformasida maqolalarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet reytingini oshirishda hamda xalqaro ilmiy hamjamiyatda maqolalarning e’tirof etilishida ilmiy jurnallarning ahamiyati muhimligi ta’kidlandi.

Muharrir ta’lim sifatini oshirishda ilmiy maqolalarning ahamiyatiga keng urg‘u berdi. Xususan, ta’lim jarayonida yangi metodologiyalarni joriy qilish, innovatsion tadqiqotlar natijalarini ilmiy hamjamiyatga yetkazish va ularning amaliyotga tadbiq etilishi muhimligi qayd etildi.

Seminar davomida ilmiy maqolalar yozish hamda nashr qilish jarayonlarini samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga bag‘ishlangan seminarda berilgan savollarga batafsil javob berildi.


Ulashish:
807
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.