Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2024
Chop etish
JDPUda «Madaniyatlar kuni» festivali bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Culture Day” –Madaniyatlar kuni festivalida Xorijiy tillar fakultetining II bosqich talabalari Hindiston, Turkiya, O‘zbekiston, Ispaniya, Italiya, Gruziya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Koreya va AQSH davlatlarining madaniyatini namoyish etishga harakat qilishdi. Tadbir davomida talabalar turli davlatlar madaniyati xususan, ularning taomlari, raqs va musiqa san’ati, milliy bayramlari va urf odatlari, tarixiy shaxslari, davlat arboblari, kino olami, sport va milliy liboslarini aks ettiruvchi ko‘r va sahnalashtirilgan dasturlarni namoyish etishdi.


Tadbirda universitet talabalari, o‘qituvchilar, ota-onalar, Jizzax shahar maktablari va litsey o‘qituvchilari, va boshqa tashkilotlardan mehmonlar taklif etildi. ingliz tilini o‘rganish va ta’limda madaniyatlararo muloqotning roli beqiyosdir. Madaniyat bizning kimligimizning mohiyatidir.

U bizning e’tiqodlarimiz, urf-odatlarimiz, tillarimiz, san’atimiz va urf-odatlarimizni o‘z ichiga oladi, bizning shaxsiyatimiz va jamoalarimizni shakllantiradi. Tashkil etilgan «Madaniyatlar kuni» festivalida ana shu jihatlarga e’tibor qaratildi.


Ulashish:
1 329
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.