Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2025
Chop etish
JDPUda “Kitobxon talaba” tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovining birinchi bosqichi joriy yilning 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda 300 ga yaqin kitobxon talabalar ishtirok etishdi. Tanlov Axborot–resurs markazining 2-qavatida 1-smena talabalari uchun — soat 14:00 da, 2-smena talabalari uchun — soat 10:00 da tashkil etildi.

Ushbu loyiha universitet rektori tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tafakkurini kengaytirish hamda erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tanlovda ishtirok etgan talabalarga o‘qilgan asarlar yuzasidan savollar berilib, ularning tahliliy fikrlashi, badiiy matnni anglash va baholash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.Natijalarga ko‘ra, har bir fakultetdan eng yuqori ball to‘plagan 7 nafar talaba tanlovning keyingi — fakultetlararo bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritadi.

“Kitobxon talaba” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi tanlovlar yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ma’naviy saviyasini oshirish va intellektual rivojlanishiga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 221
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda uni yangi bosqichga...
“Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” loyihasi doirasida kelajak ta’limi mazmuni muhokama qilindi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan Namoz Karimov malakani oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.