Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/08/2025
Chop etish
JDPUda Kengashning 1-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Kengashning 1-sonli majlisi tantanali taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Eng ulug‘ va eng aziz bayram – Mustaqillik kuni arafasida universitetning “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, faxriy ustoz Usmonjon Qosimov “O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Kengash yig‘ilishi universitet rektori Maqsud Yuldashevning tabrik so‘zlari bilan ochildi. Rektor Usmonjon Qosimovni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etar ekan, ustozga yoshlarga bilim berish yo‘lida bardavom faoliyat va mustahkam salomatlik tiladi.

Shundan so‘ng bir guruh professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy unvon va ilmiy darajalar bo‘yicha berilgan attestatlar hamda diplomlar tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
2 632
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.