Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2023
Chop etish
JDPUda  ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman  “Ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish masaofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish” mavzusida tashkil etildi.

Konferensiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor  G‘ayrat Qodirov ochib berdi.

Respublikadagi turli OTMlar  ZOOM platformasi orqali ulangan olimlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjumanda  Pedagogik kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar,  kreativlik va innovatsiya, Raqamli didaktikaning metodologik jihatlari: muammo va tendensiyalar, Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish,  Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishning  o‘ziga xos jihatlari mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan konferensiya 3 sho‘baga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi. Konferensiya “Pedagogika ta’limi nazariyasi”  kafedrasi tomoindan tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
939
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.