Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/02/2024
Chop etish
JDPU «Volontyorlar klubi» a’zolari navbatdagi xayriya ishlarini amalga oshirdi.

Safar Zomin tumani «Peshag‘or» MFY va shu hududda joylashgan 41-maktab bo‘ldi. 14 nafar talaba-yoshlar ikki nafar o‘qituvchi (A Qayumov va N Bahriddinova) mahalla faollari bilan birgalikda yosh oila a’zolariga «Oila mustahkamligi-jamiyat boyligi» mavzusida suhbat tashkil etdi. Nogironligi mavjud bo‘lgan bir nafar oilaga tashrif buyurib, bemor xolidan xabar olindi, sovg‘alar ulashildi.

Safar tadbirining asosiy qismi 41-maktabda davom ettirildi. Jumladan: xar bir talaba bir sinfda trening va o‘yin-texnologiyalariga asoslangan mashg‘ulotlar olib borishdi. A. Qayumov maktabning 24 nafar o‘qituvchilari uchun «Bugungi kun o‘quvchisi: u kim va unga qanday ta’sir ko‘rsatish kerak» mavzusida mahorat darslarini tashkil etdi


Ulashish:
1 130
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.