Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2022
Chop etish
JDPU va Britaniya kengashi bilan xalqaro hamkorlik doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida  Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-òqituvchilari tashabbusi bilan amalga oshirilgan Britaniya Kengashi bilan hamkorlik doirasida Xalqaro seminar trening bo’lib o’tdi. Universitetga Britaniya Kengashi mutasaddilari Andrey Maksakov, Amirsaid Sadikov, IELTS, CEFR va APTIS imtixonlarini baxolash boyicha Buyuk Britaniyalik xalqaro ekspert Aydan Holland tashrif buyurishdi va Xorijiy tillar fakulteti o’qituvchilari, magistratura va bakalavr talabalariga chet tilinini bilish kompetensiyasi imtixonlarida vazifalarning o’ziga xosligi va baxolash tizimi xususida seminar- trening o’tkazishdi. Seminar ko’tarinki kayfiyatda turli interaktiv savol-javoblar, til ko’nikmalariga oid topshiriqlar, qizg’in baxs-munozaralar bilan juda sermazmun o’tdi. Unda o’qituvchi va talabalar foydali tavsiya va yo’riqnomalar o’zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Seminar so’ngida har bir ishtirokchi Britaniya Kengashi tomonidan sovg’alar “welcome bag” bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari mexmonlar va tadbir tashkilotchilari JDPU rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashib kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli rejalar xususida muzokaralar olib borishdi va hamkorlikni yanada kuchaytirish, koproq o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha rejalar kelishib olindi.

 


Ulashish:
1 160
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.