Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/09/2025
Chop etish
JDPU talabalari “Talaba-yugur” respublika final bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

2025-yil 24-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqasining bahorgi mavsumi respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar. Fakultet talabasi Abduqayumov Shahobiddin yigitlar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi, qizlar bahsida esa Xayrullayeva Feruza 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Umumiy hisobda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari respublika bosqichida 1 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan munosib ishtirok etdi.


Ulashish:
1 327
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.