Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/09/2025
Chop etish
JDPU o‘qituvchilari “ICTWEEK Uzbekistan-2025” forumida.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakulteti “Axborot texnologiyalari va tizimlari” kafedrasi o‘qituvchilari joriy yilning 23–26-sentyabr kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi “CAEx Uzbekistan” kompleksida tashkil etilgan “ICTWEEK Uzbekistan-2025” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi “AI in Digital Education: From Vision to Impact (G‘oyadan natijagacha)” forumida faol ishtirok etmoqda.

Ushbu nufuzli forumda sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, zamonaviy ta’lim talablari hamda kelajak kasblari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, ishtirokchilar ilg‘or xorijiy tajribalar, raqamli ta’limdagi yangi tendensiyalar va innovatsion yechimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Forum doirasida o‘qituvchilar nafaqat bilim va tajribalarini boyitish, balki ta’lim jarayonini raqamlashtirish, yangi pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda zamonaviy raqamli muhitda samarali ishlash borasida qator g‘oyalar va amaliy tavsiyalarga ega bo‘lmoqdalar.


Ulashish:
1 149
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.