Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2025
Chop etish
JDPU filologlari Fransiyaning “Accent Français” institutida stajirovka o‘tamoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Roman-German tillari kafedrasi pedagog-xodimlari — Kavilova Tamara hamda Kavilova Laura-Aquilina — hozirda Fransiya Respublikasining nufuzli “Accent Français” instituti huzurida ilmiy-pedagogik stajirovka o‘tamoqdalar.

Stajirovka davomida pedagog-xodimlar o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar hamda tajriba almashish sessiyalarida faol ishtirok etib, fransuz tili o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘zlashtirmoqdalar.

Shuningdek, ularga institut professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy muloqotlar olib borish, o‘quv jarayonini kuzatish va darslarda qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.

Mazkur stajirovka JDPU filolog o‘qituvchilarining malakasini oshirish, xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
1 063
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...