Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/11/2025
Chop etish
JDPU delegatsiyasi Gubadagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etmoqda.

Ozarbayjon Respublikasining Guba shahrida «Vissheye obrazovaniye v regionax: realii i perspektivi» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri, M.Djelyalov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi Sh.Rashidov ishtirok etmoqda.

Xalqaro konferensiya Ozarbayjon xalqining birinchi prezidenti Haydar Aliyevning haykaliga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.

Tantanali ochilish marosimida Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining Guba filiali rektori Yusuf Aliyev hamda Guba viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abbosova Saida xanum 2024-yil 23-avgust kuni Toshkent  shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Ozarbayjon biznes-forumi doirasida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tashabbusi bilan imzolangan Jizzax va Guba shaharlarini birodar (hamkor) shaharlar deb e’lon qilish to‘g‘risidagi memorandumga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Guba viloyati hokimiyati hamda oliygoh rektori olib borilayotgan hamkorlik ishlari hamda anjumanda ishtirok uchun JDPU rektori Maqsudjon Abdullayevichga alohida minnatdorchilik bildirishdi.

Anjumanda Guba filiali rektori Yusuf Aliyev hamda Guba viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abbosova Saida xanumga JDPU rektori nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir do‘stlik, o‘zaro hurmat va ilmiy hamkorlik ruhida o‘tmoqda.


Ulashish:
1 242
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.