Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2025
Chop etish
Filologiya fakultetida ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasida ilmiy-metodik seminar tashkil etildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: Rus tili va adabiyoti kafedrasi huzurida doimiy faoliyat yurituvchi ilmiy-metodik seminar ish rejasini muhokama etish va tasdiqlash;Kafedra professori A.T. Nurmanovning Rossiya Federatsiyasi Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida 2025-yil 10-sentabrdan 10-oktabrgacha bo‘lib o‘tgan ilmiy stajirovkasi bo‘yicha hisobotini tinglash;“Hozirgi rus tili fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida master-klass tashkil etish.

Kafedra mudiri dotsent E.R. Xasanov seminarni ochib, kafedra faoliyatida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Kafedra professori A.T. Nurmanov ilmiy-metodik seminarlarning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni, maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritib, seminar ish rejasi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Shuningdek, u Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va xalqaro tajriba almashinuvi yo‘nalishidagi ilg‘or amaliyotlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Seminarning amaliy qismida kafedra o‘qituvchisi S.Yu. Islyamova tomonidan “Hozirgi rus tili fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Mazkur mahorat darsi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.


Ulashish:
1 074
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...