Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/09/2023
Chop etish
Farzand tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik.

Farzandlarimizni fikrsizlik, axloqsizlik, didsizlik, befarqlikdan asraylik.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik taʼlim fakultetida bo‘lib o‘tgan “Ota-onalar kongressi” ana shu mavzu asosida tashkil etildi.

“Farzandini yuksak qadriyatlarimizning asl va baquvvat ildizlaridan bahramand etish, bugungi turmush tarzimizga mos tarbiya berish, har bir ota-onaning zimmasidagi muhim vazifalaridan biridir. Bugungi tadbirda bildirilgan fikrlar, takliflar aynan mana shu dolzarb mavzu doirasida bo‘lib o‘tdi. Bugun bu yerga taklif etilgan har bir ota-onadan imkon darajasida o‘z farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmaslik, ular bilan tez-tez aloqada bo‘lib turish, odob ahloq qoidalariga amal qilishda ko‘makchi bo‘lish so‘raldi. Bilasizmi shunday paytlar bo‘ladiki eng hurmatli ustoz ham o‘z talabasiga tanbeh beraolmaydi. Mana shunday kezlarda ota-onaning yordami juda zarur bo‘ladi. Biz ustozlar ota-onalar bilan doimiy aloqada bo‘lib hamkorlikda ishlasak, albatta ijobiy natijalarga ko‘proq erishamiz”-deydi universitet prorektori S.Nazarqosimov

Tadbirda so‘zga chiqqan huquq tartibot idoralari vakillari talaba yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan noo‘rin foydalanish oqibatida turli xil diniy oqimlarga tushib qolmasligi uchun ham ota-onalar hushyor bo‘lishlari lozimligini taʼkidlashdi. Bu borada kerakli tavsiyalarini ham berib o‘tishdi.

 

Yig‘inda shuningdek, kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalа rhaqida ham so‘z bordi. Bu borada ota-onalar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Taklif va mulohazalar o‘ratada muhokama etildi. Hamkorlik aloqalarin mustahkamlashga kelishib olindi.


Ulashish:
983
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.