News
News
|
12/02/2022
Print
  Jizzax viloyati “Kelajak liderlari” klubining “Geopolitik tahlil” loyihasi

2021 yilning 28 avgust kuni tarixni, ayniqsa, O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganish, uni tahlil etish, voqeliklar haqidagi qarashlarni bir nuqtada birlashtirish maqsadida Jizzax viloyat “Kelajak liderlari” klubi a’zolari tomonidan ilk bor “Geopolitik tahlil” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad geosiyosat, xalqaro munosabatlardagi geografik ta’sirlarni tahlil qilish, geografik omillar(davlatning xaritada joylashishi, uning qo‘shnilari, dengiz yoki savdo yo‘llariga chiqish, resurslar va boshqalar), xalqaro raqobat natijasida davlatlarning xatti-harakatlarini batafsil o‘rganishdan iborat.

Joriy yilning 12 fevral kuni Jizzax viloyati Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Kelajak liderlari” klubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali va Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlar onggiga ta’sir etuvchi turli yot g‘oyalar, axborot xavfsizligi masalasiga bag‘ishlangan “Geopolitik tahlil” loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

 

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali, Jizzax viloyati “Kelajak liderlari” klubi a’zolari, Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimlari, xududiy oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida ekspertlar va ishtirokchilar tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi”ning mazmun-mohiyati, yot g‘oyalar ta’sirida inqiloblarning yuzaga kelishi, ularning sabab va oqibatlari, axborot xurujlari, axborot xavfsizlik masalalari, yoshlar bandligi, davlat xizmatida ularning o‘rni, yangi joriy etilgan mahallalardagi Yoshlar ishlari agentligining yetakchilari, bugungi imkoniyatlar haqida muhokama olib borildi.

Ekspertlar, JDPI Yoshlar masalalari va ma’naiy –ma’rfiy ishlar bo‘iycha prorektor S.nazarqosimov hamda  o‘qituvchi To‘ychi Axmedov o‘z nutqida keng ko‘lamli islohotlar jarayoni izchil davom etib, ular sermahsul bo‘lishidan butun xalqimiz manfaatdorligini, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab berishi hamda xalqimizni umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanishiga ishonch bildirdi.Klub a’zolari tomonidan namoyish etilgan taqdimotda inqiloblarni asosiy moliyalashtiruvchi shaxs va uning mamlakatlarning tanazzulga yuz tutishidagi manfaatlari haqida yig‘ilganlarda ma’lumot berildi.

 

Yakunda, Klub a’zolari, loyiha ishtirokchilari, davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talaba-yoshlari ishtirokida mavzu yuzasidan yakuniy muxokama olib borildi.

Jizzax viloyat “Kelajak liderlari” klubi axborot xizmati

 


To share:
1,219
Popular in other categories

Master Class Held for Young Creative Talents at JDPU
A master class for young creative talents and students interested in journalism was held at Jizzakh State Pedagogical University. The event was organized in cooperation...
Sport, Health and Unity: Sports Competitions Have Begun at JDPU
On the occasion of “October 1 — Teachers’ and Mentors’ Day” and “Elderly Persons’ Week,” traditional sports competitions among professors, teachers, and staff have been...
Meetings Continue within the “First-Year School” Project
The next meeting was held with the participation of 1st-year students of the Higher School of Philological Pedagogy.