Shuhrat medali
Medal
Prezidentning 2024 yil 27 sentabrdagi qarori
Candidate of Science, PhD · Dotsent, Department of Information Technologies and Systems
Tangirov Xurram Ergashevich, 1980 yil 16 oktabrda Jizzax viloyati Forish tumanida tug'ilgan.Xurram Tangirov о‘z ish faoliyati davomida 160 dan oshiq ilmiy-uslubiy ishlarini e’lon qilgan, jumladan, 65 ga yaqin ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy tezislari respublika miqyosidagi konferensiyalar materiallari tо‘plamida, 16 ta maqolasi OAK rо‘yxatidagi respublika ilmiy-uslubiy jurnallarida,…
Tangirov Xurram Ergashevich, 1980 yil 16 oktabrda Jizzax viloyati Forish tumanida tug’ilgan.
Xurram Tangirov о‘z ish faoliyati davomida 160 dan oshiq ilmiy-uslubiy ishlarini e’lon qilgan, jumladan, 65 ga yaqin ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy tezislari respublika miqyosidagi konferensiyalar materiallari tо‘plamida, 16 ta maqolasi OAK rо‘yxatidagi respublika ilmiy-uslubiy jurnallarida, 25 ta maqolasi xorijiy, MDH va respublikamizdagi xalqaro konferensiyalar materiallari tо‘plamida, 10 ta maqolasi xorij va MDH ning ilmiy jurnallarida, 8 ta maqolasi OAK rо‘yxatidagi xorij va MDH ning ilmiy jurnallarida chop etilgan. Hammualliflik asosida 14 ta о‘quv, о‘quv-uslubiy va uslubiy qо‘llanmalar chiqargan, tadqiqot ishi doirasida 3 ta monografiya chop etgan. EHM uchun yaratilgan dasturlariga О‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 18 ta mualliflik guvohnomasini olgan.
Uning shogirdlaridan 4 nafari “Kompyuter grafikasi” fanidan respublika onlayn fan olimpiadisi g‘olibi va sovrindorlari, yana 4 nafari esa turli yillarda I.Karimov nomli Davlat stipendianti sohibi bo‘lishgan.
State awards
Medal
Prezidentning 2024 yil 27 sentabrdagi qarori