JDPU tasarrufidagi Akademik litseyining “Rektor stipendiyasi” tanlovi sovrindorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarni mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi 58-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun 2022-yil 22-sentyabrda “Rektor stipendiyasi” tanlovi joriy etilgan. Suratlarda ushbu tanlov sovrindorlari aks etgan.