Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/03/2026
Chop etish
Dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va xodimlar uchun “Pedagogik professionalizm” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun “Pedagogik professionalizm” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ravshan Jo‘rayevich Ishmuxamedov olib bordi. Tadbirda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, bo‘lim xodimlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida pedagogik professionalizm, zamonaviy o‘qitish yondashuvlari va ta’lim jarayonida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilari pedagogik faoliyatda samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va interaktiv yondashuvlar bilan tanishdilar.


Ulashish:
69
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Bahorgi semestr” imtihonlarini shaffof tashkil etish masalasi muhokama qilindi
Yakuniy nazorat va yakuniy attestatsiyasi komissiya a’zolari, mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida bahorgi semestr imtihonlari va YaDani adolatli, shaffof va belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish...
Malaka oshirish kurslari dolzarb mavzularda davom etmoqda
Malaysiyada 22 nafar professor-o‘qituvchi uchun tashkil etilgan 2 haftalik malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.