Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/03/2025
Chop etish
Bitiruvchilar bandligi – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili sifatida.
Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ustuvor strategik vazifalardan biri talabalarga sifatli ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bilan birga bitiruvchi kurs talabalarining kasbiy faoliyatda ham yuqori natijalarga erishishiga imkoniyat yaratishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-son Qarorining qabul qilinishi ham ushbu yo‘nalishda har bir oliy ta’lim muassasalariga oldiga o‘ziga xos ustuvor vazifalarni qo‘ydi.

Joriy yilning 26-mart kuni Tarix fakultetida Jizzax viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat bo‘limi, Jizzax viloyat Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi, viloyatdagi siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda tashkil qilingan seminarda Prezident qarori ijrosi, bitiruvchilar bandligini ta’minlash sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, xalqaro grantlar bilan ishlash, lavozimlarga tashkil etilayotgan ochiq tanlovlar, El-yurt umidi jamg‘armasi stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan asoslantirilgan javoblarni olishdi.


Ulashish:
691
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.