Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/10/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” – sportda g‘alaba, jamoada birlik!

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Tantana ruhidagi yakuniy marosimda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, hakamlar hay’ati, fakultet dekanlari, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Universitet rektori, professor M.A. Yuldashev so‘zga chiqib, musobaqa g‘olib va sovrindorlarini chin yurakdan tabrikladi. U talabalarning intilishi, fidoyiligi va jamoaviy ruhini alohida ta’kidlab, “Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport bellashuvi, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat maydoni sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

Marosim davomida barcha fakultetlardan g‘olib bo‘lgan jamoalar faxriy yorliqlar va medallar bilan taqdirlandi. Natijalarga ko‘ra, ko‘plab sport turlari bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport fakulteti hamda Tabiiy fanlar fakulteti jamoalari yuqori natijalarga erishdi.

Endilikda fakultetlararo bosqich g‘oliblari hududiy bosqichda universitet sha’nini munosib himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 


Ulashish:
1 835
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusida seminar-treninglar mashg‘ulotlariga start berildi.
Seminarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazining katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich «Rahbar...
“Kelajakka qadam” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yo‘l!
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish hamda yangi kasblarni egallashiga ko‘maklashish uchun moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Pedagog» talaba sport klubining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Konferensiyada sport klubining amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalari hamda kelgusidagi vazifalari muhokama qilinib, klub raisi o‘rinbosari Hoshim Komilovning hisoboti tinglandi.