Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” respublika finali ishtirokchilari yo‘lga kuzatildi.

Kecha Jizzax davlat pedagogika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining respublika final bosqichida talaba-yoshlarimiz ishtirokini ta’minlash maqsadida tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda universitet rektori Maqsudjon Yuldashev boshchiligidagi rahbariyat vakillari, “Pedagog” sport klubi murabbiylari hamda sportchi talabalar ishtirok etdilar.

 

Tadbir davomida rektor Maqsudjon Yuldashev talaba-sportchilarni quvvatlab quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Sizlar bizning universitet sharafini, qolaversa, butun Jizzax viloyatining nomini munosib himoya qiluvchi elchilarsiz. Mardlik, matonat va birdamlik bilan maydonga chiqing. Har bir qadamingizda omad hamroh bo‘lsin! Biz sizlarga ishonamiz, universitet bayrog‘ini baland ko‘tarib qaytishingizga tilakdoshmiz.” Ana shunday ruhlantiruvchi so‘zlar bilan sportchilarimiz tantanali ravishda yo‘lga kuzatildi.

Ta’kidlash joiz, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichi 17–20-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida, Guliston davlat universitetida o‘tkaziladi. Unda universitetimizning erkaklar va ayollardan iborat jamoalari voleybol, yengil atletika va stritbol yo‘nalishlarida ishtirok etadi.

Biz eng sportchi talabalarimizdan yaxshi natijalarni, munosib g‘alabalarni kutib qolamiz. JDPU sportchilari – g‘alaba va omad siz bilan bo‘lsin!


Ulashish:
1 155
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...