Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
18/05/2026
Chop etish
«Bahorgi semestr” imtihonlarini shaffof tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Yakuniy nazorat va yakuniy attestatsiyasi komissiya a’zolari, mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida bahorgi semestr imtihonlari va YaDani adolatli, shaffof va belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida imtihon jarayonlarini ochiq va oshkora tashkil etish, baholash mezonlarining adolatli qo‘llanilishi hamda yakuniy nazorat ishlari davomida korrupsion holatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda imtihon jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish, nazoratni kuchaytirish hamda akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash va talabalarning bilimini xolis baholash asosiy ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.


Ulashish:
515
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...