Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/09/2025
Chop etish
Ayollar o‘rtasida sport musobaqalari yakunlandi.

1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Bellashuvlar yuqori kayfiyat va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun katta tayyorgarlik va jonkuyarlik namoyon etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

Jismoniy tarbiya va sport fakulteti — 1-o‘rinni,

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti — 2-o‘rinni,

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti — 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Ushbu sport tadbiri nafaqat professor-o‘qituvchilarning jismoniy faolligini oshirishga, balki jamoaviylik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham xizmat qildi.


Ulashish:
1 307
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.