Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

— 70530203 —

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (geografiya) yo‘nalishining umumiy tavsifi

Ta’lim shakllari: kunduzgi
Beriladigan daraja: magistr
Ta’lim tillari: o‘zbek, rus
Dastur kodi: 70530203
Dastur davomiyligi: 2 yil
Dastur nomi: Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (geografiya)

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrant bir semestr davomida 30 kredit, bir o‘quv yili davomida esa 60 kredit to‘plashi lozim. O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi va magistrlik dasturi yakunlanguniga qadar 120 kreditni o‘zlashtirishi zarur.

Magistratura bosqichida 1 ECTS kredit 30 akademik soatga teng bo‘lib, magistrantning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kreditni, ya’ni 1800 akademik soatni tashkil etadi. Ushbu yuklamaning 50 foizi auditoriya mashg‘ulotlariga, qolgan 50 foizi mustaqil ta’limga to‘g‘ri keladi. Magistrant semestr davomida o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida belgilangan majburiy va tanlov fanlari asosida shakllantiriladi.

70530203 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) yo‘nalishi — umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi magistratura mutaxassisligidir. Ushbu yo‘nalish doirasida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari va metodlari zamonaviy talablarga mos shakllantirilgan.

Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.

70530203 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

  • • umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalarda geografiyaga oid fanlardan o‘rnatilgan tartibda dars berish;
  • • umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalar, maktabdan tashqari muassasalarida ishlash;
  • • oily ta’lim tizimida stajyor o‘qituvchi, kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
  • • mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist, mutaxassis va boshqa lavozimlarda ishlashi;
  • • O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
  • • umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (geografiya) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan doktarantura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘qishni davom etirishlari mumkin.

I o‘quv yili / 1-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.01 ITMM05 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 150 5 Majburiy fan
1.04 GNT1105 Geografiya nazariyasi va tarixi 150 5 Majburiy fan
2.01 O‘RMST2106 O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy siyosati 180 6 Tanlov fan
2.02 TRGT2106 Turizm va rekreatsiya geografiyasi 180 6 Tanlov fan
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish 120 4 Majburiy fan
Ilmiy-pedagogik ish 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

I o‘quv yili / 2-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.02 YO‘TSTTI1205 Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim sohasidagi islohotlar 150 5 Majburiy fan
2.03 GIT2206 Global iqlim o‘zgarishi va uning O‘zbekiston tabiiy resurslariga ta’siri 180 6 Tanlov fan
2.04 ITT2204 Inson va tabiat 120 4 Tanlov fan
3.01 Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish 240 8 Majburiy fan
3.02 Ilmiy-pedagogik ish 210 7 Majburiy fan
Jami: 900 30

II o‘quv yili / 3-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.03 ZGAM1305 Zamonaviy geografiyaning asosiy muammolari 150 5 Majburiy fan
1.05 OTMFO‘MM1305 Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi 150 5 Majburiy fan
2.05 KGT2304 Kartografiya va GAT 120 4 Tanlov fan
2.06 GET2304 Geoekologiya 120 4 Tanlov fan
3.01 Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish 180 6 Majburiy fan
3.02 Malakaviy va pedagogik amaliyot 180 6 Majburiy fan
Jami: 900 30

II o‘quv yili / 4-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.06 HIChM1405 Hududiy ishlab chiqarish majmualari 150 5 Majburiy fan
3.01 Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish 390 13 Majburiy fan
3.02 Ilmiy-pedagogik ish 180 6 Majburiy fan
3.03 Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) 180 6 Majburiy fan
Jami: 900 30

Jizzax davlat pedagogika universiteti siz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallashingiz uchun puxta o‘quv tizimini taklif etadi. Ta’lim jarayonida nazariy darslar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashadi, har bir fan mavzusi real misollar, tajribalar va muhokamalar orqali mustahkamlanadi.
Darslar malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Zamonaviy kutubxona, elektron platformalar, laboratoriya jihozlari, multimedia xonalar va tajriba maktablari kabi infratuzilma sizga sifatli ta’lim olishda ko‘maklashadi. Siz bu yerda nafaqat fan asoslarini chuqur o‘zlashtirasiz, balki mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, muammolarga yechim topish, taqdimot qilish, muloqotda samarali bo‘lish kabi ko‘nikmalarni ham shakllantirasiz.
Ta’limdan tashqari, sizda turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, ko‘rik-tanlovlar, to‘garaklar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyati mavjud. Bu esa sizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishingizga zamin yaratadi. Agar siz tanlagan yo‘nalishingiz siz uchun muhim va qiziqarli bo‘lsa, Jizzax davlat pedagogika universiteti aynan shu yo‘nalishda chuqur o‘rganish, tajriba orttirish va kasbiy yo‘nalishda oldinga siljish uchun barcha shart-sharoitlarni taqdim etadi.


Dars turi va baholash usuli

Dars turi 1-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 36 soat Oraliq nazorat 20 ball
Laboratoriya mashg’uloti 54 soat Joriy nazorat 20 ball
Mustaqil ta’lim 90 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball
Dars turi 2-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 38 soat Oraliq nazorat 20 ball
Laboratoriya mashg’uloti 52 soat Joriy nazorat 20 ball
Mustaqil ta’lim 90 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali

5 baholik shkala 100 ballik shkala
5,00 — 4,96 100
4,95 — 4,91 99
4,90 — 4,86 98
4,85 — 4,81 97
4,80 — 4,76 96
4,75 — 4,71 95
4,70 — 4,66 94
4,65 — 4,61 93
4,60 — 4,56 92
4,55 — 4,51 91
4,50 — 4,46 90
4,45 — 4,41 89
4,40 — 4,36 88
4,35 — 4,31 87
5 baholik shkala 100 ballik shkala
4,30 — 4,26 86
4,25 — 4,21 85
4,20 — 4,16 84
4,15 — 4,11 83
4,10 — 4,06 82
4,05 — 4,01 81
4,00 — 3,96 80
3,95 — 3,91 79
3,90 — 3,86 78
3,85 — 3,81 77
3,80 — 3,76 76
3,75 — 3,71 75
3,70 — 3,66 74
3,65 — 3,61 73
5 baholik shkala 100 ballik shkala
3,60 — 3,56 5 baholik shkala
3,55 — 3,51 5 baholik shkala
5 baholik shkala 70
3,45 — 3,41 69
3,40 — 3,36 68
3,35 — 3,31 67
3,30 — 3,26 66
3,25 — 3,21 65
3,20 — 3,16 64
3,15 — 3,11 63
3,10 — 3,06 62
3,05 — 3,01 61
3,00 60
3,0 dan kam 60 dan kam