Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
09/06/2023
Chop etish
AJABTOVUR FLAMINGO

Ikromova Yulduzoy Erkin qizi – o`qituvchi.,
Mamaraimova Gulinoza Mamatkarim qizi , 2 – bosqich talabasi
JDPU
Sistematikasi
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki Bosh skeletlilar – Craniata
Katta sinf. Toʼrt oyoqlilar – Tetrapoda
Sinf. Qushlar – Aves
Turkum. Flamingosimonlar – Phoenicopteriformes
Vakil. Qizil qanot flamingo – Phoenicopterus roseus
Qizil gʻozlar, flamingolar – qushlar turkumi. Flamingilarning ajdodlari Yer sayyoramizda, hattoki 30 million yillar oldin ham mavjud boʼlishgan. Umuman olganda Smintovsk Milliy Hayvonot bogʼining barcha tadqiqotchilari shunday deb oʼylashmoqda. Baʼzan laylaksimonlar turkumi tarkibiga kenja turkum maqomida ham kiritiladi. 6 turi maʼlum.
Bu turkumning vakillari ekvatorda keng tarqalgan, MDH da qizil qanot flamingo, ya’ni qizil g‘oz (Phoenicopterus roseus) keng tarqalgan. Janubiy Gʻarbiy Yevropa, Afrika, Janubiy Gʻarbiy Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika hamda Shimoliy Amerikaning janubiy qismida tarqalgan.
Tanasi 91 – 120 sm, balandligi 80 sm, qanoti 43–49 sm, ogʻirligi 2,5 – 4,5 kg. Tumshugʻi katta, tumshuq asosi baland bo’lib, o’rtasiga kelib pastga qayrilgan. Tumshuq qirralarida shox plastinkalari bor. Suv yoki suyuqroq balchiqdan oziq moddalarni suzib olishiga yordam beradi. Flamingolarning oyog’i va bo’yni juda uzun, tinch turgan vaqtida bo’yni lotincha «S» harfiga o’xshaydi. Barmoqlarida suzgich pardalari bo‘ladi.
Patlari pushti, oq, yirik patlari esa qora. Patlarining eng och rangi – bu pushti (flamingolarda), eng yorqin rangi esa qizil (Kariblardagilarda). Tadqiqotchilarning aytishlaricha, pushti flamingo qushlarining pat ranglari och yoki toʼq boʼlishi ularning ovqatlanishiga bogʼliq ekan. Bu pushti flamingolar suv osti oʼsimliklar va karotinoid pigmentlariga boy boʼlgan krevetkalar bilan oziqlanishar ekan (1-rasm).
Flamingolar parvoz qilishni bilishadi, lekin havoga koʼtarilish uchun ularga katta tezlik bilan yugurib parvozga tayyorlanishlari kerak. Parvoz paytida flamingolar uzun boʼynini va oyoqlarini bir chiziq qilib choʼzib oladilar.
Yashash hududi. Oddiy qizil gʻoz Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy qismi va Qozogʻistonning shoʻr koʻllari atrofi (odam borishi qiyin joylar) da yashaydi. MDH da flamingolar, asosan Shimoli – G’arbiy Qozog’iston ko’llarida koloniya bo’lib yashaydi. Flamingolarni ov qilish taqiqlangan.
Dengiz va shoʻr koʻl qirgʻoqlariga koloniya boʻlib (baʼzan bir necha mingtasi birga) uya quradi. Konussimon, balandligi 10—60 sm li uyasini balchiq yoki qumdan yasaydi. 1–2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 30–32 kun bosadi. Jo’ja ochuvchi qushlardan hisoblanadi. Polaponlari parli, ko’zlari ochiq. Polaponlari tugʼilgandan soʼng inlarida 5–12 hafta qoladilar. Polaponlari ota – onalari ularni boshlangʼich paytlarida substantsiyalar va oʼzlarining oshqozonlarining tepa qismlaridagi hazm boʼladigan moddalar bilan oziqlantirishadi. Flamingo polaponchalari kuchga kirganlaridan soʼng «yasli» deb ataladigan guruhlarda mustaqil ovqatlanishni oʼrganishni boshlashadi (2-rasm).


Ulashish:
1 520
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...