Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Universitet ilmiy laboratoriyalari

In-vitro laborotoriyasi

Bugungi kunda barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik tarmoqlarida ham zamonaviy uslub va texnologiyalar joriy etilmoqda. Ana shunday zamonaviy texnologiyalardan biri in-vitro texnologiyasidir. “In-vitro” laboratoriyasi respublikamizda birinchilardan bo‘lib Biorganik kimyo institutida tashkil etildi va bugungi kunda noyob, yuqori hosildor, kasalliklarga chidamli, genetik barqaror o‘simliklar invitro sharoitida yetishtirib kelinmoqda. Mana shunday laboratoriyalardan biri 2023-yilda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshida ham tashkil etildi. Bu laboratoriyani moliyalashtirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1 200 000 000 so‘m yo‘naltirildi. Ushbu laboratoriya faoliaytini ishga tushirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan laboratoriya uchun kerakli bo‘lgan avtoklav, quritish shkafi, stellyaj, termostat, laminar boks, distilyator va shu kabi zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirildi. Hozirda ushbu laboratoriyamizda dorivor o‘simliklar urug‘lari, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari vegetativ usulda zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilmoqda.

Steam park

Steam park maqsadi-O‘zbekiston Respulikasining rivojlanayotgan iqtisodi uchun bo‘lajak pedagog kadrlar mahorat darajasini oshirish borasida innovatsiyalarni amaliyotga ommaviy va sifatli joriy qilish, zamonaviy moddiy texnik va metologik bazadan foydalanib fizika matematika informatika kimyo, biologiya, texnologiya, mexatronika, elektronika, robototexnika va texnik ijodning boshqa sohalarini tezkor rivojlantirish uchun sharoit yaratish; kadrlar buyurtmachilar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish hisobiga oliy pedagog ta’limning zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi ehtiyojiga mutanosibligini ta’minlash.

Inkubatsiya markazi

Universitet inkubatsiya markazini tashkil qilshininng asosiy maqsadi-iqtidorli talabalar va yosh olimlar tomonidan yaratilayotgan istiqbolli innovatsion loihalarin qo‘llab quvvatlash, startap loyihalarni IT-park hududiy filiali mutaxassislari ishtirokida tanlab olish hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritish hisoblanadi. Universitet inkubatsiya markazi faoliyati iqtidorli talabalar va yosh olimlarning innovatsion ishlanmalarini g‘oyadan boshlab ishlab chiqarish boshlanishi va brinchi muvaffaqiyatli tijoratlashtirshgacha mo‘ljallangan.