Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
28/06/2022
Chop etish
TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Farmon va qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga xususiy tashabbuskor «IKRA BOND » MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Jizzax viloyati Jizzax shahar Sh.Rashidov ko‘chasi 4 uy, A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika  instituti hududida (0.3 gektar) yer maydonida 600 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil
26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Jizzax davlat pedagogika  instituti tomonidan joriy yilning 24-iyunida tasdiqlangan.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 9-avgust Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96-uy, E-mail: devonxona@edu.uzedu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: +99871 246 04 27
  2. Jizzax davlat pedagogika instituti manzili: Jizzax viloyati Jizzax shahar Sh.Rashidov ko‘chasi 4 uy, E-mail: jdpi@exat.uz, veb-sayt: https://jdpu.uz, Telefon raqami: +(99872) 226 13 57, факс: +(99872) 226 46 56
  3. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uzAbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07 (701). (Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortiq bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MB dan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.

 


Ulashish:
1 480
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.
Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma