Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/06/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti futbol jamoasi — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” chempioni!

“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning futbol bo‘yicha final uchrashuvida Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Qoraqalpoq davlat universiteti ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv davomida jamoamiz har bir to‘p uchun oxirigacha kurashdi. Maydon chetidagi murabbiylar shtabi va tribunalarni to‘ldirgan muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarga qo‘shimcha kuch va ishonch bag‘ishladi.

G‘alabadan so‘ng jamoamiz tantanali taqdirlash marosimida munosib e’tirof etildi.

Respublika sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov chempionlarni tabriklab, ularning musobaqa davomida namoyon etgan mahorati va matonatini yuqori baholadi.

Universitet rahbariyati, murabbiylar va jamoa a’zolari ishtirok etgan marosimda futbolchilarimiz chempionlik kubogi hamda oltin medallarni qabul qilib oldi va ushbu tarixiy yutuqni universitet jamoasi bilan birgalikda nishonladi.


Ulashish:
420
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...