Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi

Bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati va xotin-qizlarga ehtirom belgisi sifatida universitet kasaba uyushmalari qo‘mitasi hamda rahbariyat tomonidan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori  professor-o‘qituvchilar bilan  bir safda xizmat qilayotgan matonatli va latofatli xodimalar ham ishtirok etdi.   Tantanani universitet rektori Sh.Sharipov , mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasbda xizmat qilayotgan ayollarni bayram bilan qutlab, bir guruh faol xodimlarga bayram sovg‘alari va faxriy yorliqlarini topshirdi. Shuningdek,bayram arafasida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan jamoalarga hamda faol ishtirokchilarga universitet kasaba uyushmasi hamda rahbariyat tomonidan tashkillashtirilgan qimmatbaho sovg‘alar  topshirildi. – Onalarga, xotin-qizlarga bo‘lgan samimiy e’tiroflarini tinglar ekanman, tunlari beshikda yotgan bolasiga alla aytib kashta tikkan, “charchadim” demasdan bir etak bolaga ertak  o‘qib, ularning yuragiga ezgulik niholini qadagan o‘zbegim onalari ko‘z oldimga keldi. Millat farzandiga o‘qish, yozishni o‘rgatayotgan munis ustozlarimiz, jahon arenalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yurt bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarayotgan talaba qizlarimiz,  qo‘lida kitob, ilm-fanda  ko‘plab yutuqlarga erishayotgan bo‘lajak olimalarimiz borligi g‘ururimni osmon qadar ko‘taradi.  Ayolning yuragi mehr-muhabbat va samimiyat tuyg‘ulari bilan jo‘shib turadi deyishadi. Men ishonaman, sizning yuragingizda jo‘sh urib turgan mana shu oliyjanob tuyg‘u bor ekan,  qay bir ishga kirishsangiz, g‘ayrat va shijoatingizni ila baxtga erishasiz. Ayoli baxtli, baxtiyor onalar ko‘p yurtning esa qaddi bukilmaydi, qadri to‘kilmaydi.   Qaddingiz bukilmasin, qadringiz to‘kilmasin aziz ayollar,-deydi universitet rektori Sh.Sharipov Tantananing taqdirlash qismidan so‘ng, hush kayfiyatda badiiy qism davom ettirildi. She’r aytib, qo‘shiq kuylab, raqslarda xirom aylab, o‘zlari va hamkasblarini yanada xursand qilishdi.

Universitet badiiy jamoasi tomonidan an’anaga aylangan, har tadbir va bayramlarda kreativ yondashilib tayyorlanayotgan konsert dasturi bayram tuhfasi sifatida namoyish etilgan-da, barchaning kayfiyati maksimal darajaga ko‘tarildi. Bayramona kayfiyatni ular o‘zlari bilan hatto xonadonlariga olib ketishdi.

Noodatiy tarzda boshlangan tadbir so‘ngida barcha ayollarga gullar  musiqa sadolari ostida tarqatildi. Ularning ko‘zlaridagi quvonch va yuzlaridagi tabassumi tadbirning ijobiy kayfiyatda o‘tishiga zamin yaratdi.