Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/12/2017
Chop etish
2017 yil 5 dekabr kuni A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti chet tillar fakul’tetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – huquq va manfaatlarimiz kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda chet tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultet dekani A.Mamatov ochib, kirish so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatimiz taraqqiyoti, halqimiz farovonligi yo‘lida naqadar muhimligi, uning o‘sib kelayotgan yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni haqida gapirdi.

Shundan so‘ng so‘z olgan ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Karimov ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar, yaratilayotgan sharoitlar yoshlardan faqat oldinga intilish uchun yordam berishi, ushbu amalga oshirilayotgan ishlarning yurtimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarning shaxs sifatida shakllanishida ulkan o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Z.J.Pardaeva 25 yil ichida Konstitutsiyamizga tayangan holda O‘zbekiston halqining qanday yutuqlarga erishganligi haqida gapirib o‘tdi.

Ingliz tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri R.Norbekova ushbu davr mobaynida Konstitutsiyadagi har bir moddaning albatta inson huquq va manfaatlari uchun xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida so‘z olgan har bir notiq o‘z so‘zlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida juda samimiy gaplar aytib, bunday Vatanda yashayotganligidan faxrlanishlarini ta’kidlashdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’riy va musiqiy chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi.


Ulashish:
3 028
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...