Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/05/2025
Chop etish
15th International Conference on Foreign Language Teaching and Applied Linguistics o‘z ishini bugun rasman boshladi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida 15-chi chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik bo‘yicha an’anaviy yillik konferensiya (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics – FLTAL o‘z ishini boshladi.

Konferensiya to‘laligicha ingliz tilida, ham jonli hamda onlayn formatda o‘tdi. Ushbu anjumanda 23 ta davlatdan 100 dan oshiq olimlar ishtirok etishmoqda. Anjumanni tilshunos olim Azamat Akbarov ochib berdi.

Konferensiyaning yalpi majlisidagi asosiy spikerlar dunyoning eng top universitetlaridan taklif etildi.Jumladan AQSHning Arizona universitetidan kelgan Pol Key Matsuda ham anjuman mehmoni. FLTAL-ning boshqa an’anaviy konferensiyalardan farqi shundaki, plenar spikerlar 10 daqiqa emas, 60 daqiqa ma’ruza qilishadi, qolgan spikerlar esa 15 daqiqa.

Birinchi plenar ma’ruzani. Arizona universiteti professori Pol Key Matsuda “Sun’iy intellekt asrida til va savodxonlikni qayta tasavvur qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida boshlagan bo‘lsa, ikkinchi plenar ma’ruza, Avstriyaning Gras universiteti professori Sara Merser “Nima uchun chet tillar o‘qituvchisining psixologiyasi biz uchun muhimdir” mavzusida davom ettirdi.

Uchinchi plenar ma’ruzani Amerika Qo‘shma Shtatlari, Alabama universiteti professori Ali Fuad Sevgi «Bugungi davrda Ingliz tilini o‘qitish: imkoniyatlar, qiyinchiliklar va istiqbollar» mavzusida o‘tkazdi. To‘rtinchi plenar ma’ruzani Kanada davlati, British Columbia universiteti professori Bonny Norton «Raqamlashtirilgan davrda hikoyalar: imkoniyatlar va istiqbollar» mavzusida o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur xalqaro konferensiya xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi va amaliy tilshunoslik sohasidagi so‘nggi ilmiy izlanishlar, innovatsion yondashuvlar, tajriba almashinuvi hamda akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Anjuman so‘ngida faol ishtirokchilar va tashkilotchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.


Ulashish:
1 595
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
JDPU профессор-ўқитувчилари Malayziyada malaka oshirish jarayonida
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.
“Stressga harakat bilan javob ber, fikringni ozod qil!”: Talabalar o‘rtasida ommaviy psixologik aksiya o‘tkazildi
Aprel va may oylarining “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetining “Volontyor psixolog” talabalar jamoasi tomonidan talaba-yoshlar uchun...