Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/09/2024
Chop etish
1-oktyabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Farzandining dunyoga kelib, dunyoni o‘rganishida xizmat qiluvchi birinchi tarbiyachisi ota-onasi hisoblansa,  Uni inson sifatida kamol toptirishida, jamiyatda  o‘zining o‘rnini topishda va ertangi kelajagini belgilab olishda  ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetining madaniyat saroyiga ana shu mo‘tabar insonlar, faxriy ustozlar va mehmonlar taklif etildilar. ta’kidlash joiz ushbu dargoh o‘z faoliyatini  dastlab 29 nafar ustozlar bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kelib bu raqamlar 700 nafardan ziyodini tashkil etadi. 1978-yil Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zining 249 nafar ilk talabalarini qabul qilib olgan bo‘lsa,  o‘tgan 50-yil davomida esa bitirgan talabalarning umumiy soni 52857 nafardan oshdi. Ular orasida el nazariga tushgan, nafaqat Respublikamizda, balki xorijda ham turli sohalarda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar va ustozlarning borligi ko‘ksimizni faxrga to‘ldiradi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bunday yutuqlarda ta’lim muassasamizda ham uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, bugungi kunda shogirdlariga o‘z maslahatlarini ayamay, yosh kadrlar bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan ustoz faxriylarimizning hissasi beqiyos ekanligini ta’kidlashdi.

Tadbirda bayram arafasida davlatimiz rahbarining farmoniga asosan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni  bilan taqdirlanganlar universitet rektori tomonidan yana bir bor e’tirof etildi. Ularga esdalik sovg‘alari va diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

 

Tadbirda uzoq yillar shu muassasada rektorlik lavozimda faoliyat yuritgan sobiq rektorlar hamda yurtimizdagi pedagogika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etishdi.

Mehmonlar universitet rektoriga o‘z sog‘larini topshirishdi. O‘z navbatida faxriy mehmonlarga universitet kasaba uyushmasi tomonidan ta s tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda shuningdek universitet stipendiatlariga ham statuetkalar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Bayramga universitet badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi yakun yasadi.


Ulashish:
1 104
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.